Yil yakuniga qadar 56 ta zamonaviy metro vagonlarini harid qilish rejalashtirilgan. Bu haqida «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan mutannosib ravishda kuniga 200 mingdan ortishi kuzatilgan.
Xabarga ko’ra, bir kunda o‘rtacha metropolitenning yo‘nalishlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 690 – 700 ming kishini tashkil etmoqda.
Ayniqsa, 20-sentyabr sanasidan boshlab ko‘chalarda 10 ballik avtomashina tiqilinchligi hisobiga avtobuslardagi yo‘lovchilarni bir qismi metrodan foydalanishi hisobiga bu ko‘rsatgich kunma-kun ortib bormoqda.
Metro vagonlarga belgilangan yo‘lovchilar sonining 2 karra ko‘payishi sabab metro poyezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.
Xabarga qaraganda, yo‘lovchilar tomonidan vagonlarda va metropoliten hududida shaxsiy buyumlarni qoldirib ketish...