2023-yilda bizning First Development Group (FDG) kompaniyamiz 2021-yilda O‘zbekistonda AQSh dollariga indekslangan birinchi obligatsiyalarni joylashtirishda to‘plangan tajribani davom ettirishni rejalashtirmoqda. Biz o‘zimiz bozorga xaridorlar bo‘lishiga ishongan holda kirdik.
Chegirma debyuti
Kompaniyamiz obligatsiyalari 2021-yilda nafaqat valyuta kursi o‘zgarishiga indekslangan O‘zbekistondagi birinchi qarz vositalari, balki o‘n yil ichida O`zbekiston fond birjasi ro`yxatiga kiritilgan birinchi MCHJ qimmatli qog‘ozlari bo‘ldi. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hisobiga yil davomida 5,12 milliard so‘m jalb etildi. Obligatsiyalar bo‘yicha daromadlilik o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan valyutasining pasayishi yoki ko`tarilishi stavkasini qo‘shgan holda 8 foizni tashkil etdi. Agarda biz xarajatlarni boshqa moliyalashtirish turlari bilan solishtirsak, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bank...