O’zbekiston – IT imkoniyatlar mamlakati

Kursiv Uzbekistan direktori, bosh muharrir

Kursiv Research jurnalining birinchi soni chop etildi. Yangi nashrni bosh muharrir Anastasiya Novikova taqdim etadi.

Aziz do’stlar! Siz allaqachon «Kursiv Uzbekistan» biznes-nashri bilan tanishsiz. Uch yildirki biz sizlarni moliya, iqtisod va siyosat olamidagi eng muhim xalqaro va o‘zbek yangiliklari bilan tanishtirib kelmoqdamiz. Shu vaqt ichida biz siz uchun minglab materiallar tayyorladik, yuzlab mutaxassislar bilan suhbatlashdik, o‘quvchilarimiz doirasi o‘n barobar oshdi. Biz yaqinda o‘zbek tilidagi saytni ishga tushirdik, uning ingliz tilidagi versiyasini ham rejamizda.

Keyingi mantiqiy qadamimiz bosma nashrning ishga tushirilishi bo’ldi va bugun alohida hayajon bilan sizga Kursiv Research jurnalining birinchi sonini taqdim etishdan mamnunman. O‘zbekiston bozori uchun noyob bo‘lgan ushbu jurnal, sayt singari birinchi navbatda, O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’sir o’tkazayotgan jarayonlar haqida hikoya qiladi.

Biz media uchun noan’anaviy yondashuvni tanladik – biz hamma narsa haqida ozgina yozmaymiz, balki har bir sonda iqtisodiyotning muayyan sohasiga turli tomonlardan, mikroskop ostida, bozorda nima bo’layotganiga va bu qanday oqibatlarga olib kelishiga razm solamiz.

Kursiv Researchning birinchi sonining asosiy mavzusi IT va telekom sohasi bo’ldi. Aynan IT-sohasi (transport bilan birgalikda) O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti tarkibida o‘sish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi – bu soha, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda birdaniga 14,7 foizga o‘sgan. Albatta, bu qisman tashqi omillarga bog’liq edi. Masalan, Ukrainada urush boshlanganidan buyon O‘zbekistonga Rossiya va Belarusdan bir necha ming tadbirkor va axborot texnologiyalari mutaxassislari kelgan. Shu bilan birga butunboshli kompaniyalar ergashdilar.

Boshqa tomondan, agar O’zbekiston ushbu sohani tizimli rivojlantirmaganida, relokantlarni tanlash boshqa davlatlar zimmasiga tushishi mumkin edi. Bunda, darvoqe, Toshkent Ostona bilan yonma-yon ketmoqda – mamlakatlar yagona IT-xab yaratish ustida ishlamoqda, uning maqsadi raqobat emas, birdamlikdir.

Biroq, xorijlik mutaxassislar sanoat muvaffaqiyatining faqat bir qismidir. Davlat va biznes ITni rivojlantirish uchun yana nimalar qilmoqda, jurnalni o’qib bilib olasiz.

Ha, aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston raqamlashtirish bo‘yicha ko‘plab davlatlardan ortda qolmoqda. Lekin asosiysi, sodir bo’layotgan o’zgarishlar yaqqol ko’rinib turibdi. Biz uyali telefon orqali restoranda to‘lov yoki taksida yurish, onlayn xizmatlar orqali oziq-ovqat xarid qilish, raqamli imzo orqali shartnomalar imzolashga o‘rgandik bo’ldik va so‘nggi yillarda hayotimiz qanday o‘zgargani haqida o‘ylamaymiz ham. Bu yo‘lda O‘zbekistonda hali ham jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlar: jamiyat, biznes va mamlakat uchun foydali bo‘lgan ko‘plab foydali kashfiyotlar mavjud.

Birinchi son nafaqat bozor ishtirokchilari va bo‘lajak mutaxassislarga, balki raqamlashtirish, yangi texnologiyalar bilan qiziqadigan, respublikani xalqaro IT-bozorda targ‘ib qilishdan manfaatdor bo‘lgan barcha uchun boy va rang-barang manba bo‘ldi.

Kursiv Research jurnalining birinchi sonidagi maqolalarni https://uz.kursiv.media/guide/it-v-czentralnoj-azii/ havolada topishingiz mumkin.

Mavzu bo'yicha materiallar
Anastasiya Novikova
Anastasiya Novikova
Kuch Hamkorlikda
Jurnalning ayollar yetakchiligiga bag‘ishlangan yangi sonini bosh muharrir Anastasiya Novikova taqdim etadi.