Ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu $300 mln daromad bilan birinchi o‘rinni egalladi
Turkiya Superligasining 2026/27-yilgi mavsumi 8-turida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Gaziantep»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biri Eldor Shomurodov bo‘ldi. O‘zbekistonlik hujumchi bahsda bir gol urdi va yana bir golga assistentlik qildi. Shomurodov 8-daqiqada hisobni ochdi Istanbuldagi «Fotih Terim» stadionida o‘tgan uchrashuvning 8-daqiqasida Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarni…
Total Chess tashkilotchilari shaxmatchilarning klassik, rapid va blitsdagi natijalarini birlashtiruvchi yangi Total Chess Rating tizimini e’lon qildi. Yangi reytingda Nodirbek Abdusattorov 2 774 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Reytingda birinchi o‘rin 2 830 ochko bilan Magnus Karlsenga, ikkinchi pog‘ona esa 2 779 ochko bilan Hikaru Nakamuraga nasib etdi. Sindarov ham…
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari va grossmeyster Javohir Sindarovning bobosi Komil Sindarov nabirasining qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubaeva bilan turmush qurishi haqida fikr bildirdi. U «Qarorgoh» podkastida ma’lum qildi. Komil Sindarov ikki kuchli grossmeyster oilasidan kelajakda shaxmatda katta natijalarga erishadigan yangi avlod yetishib chiqishiga umid qilayotganini aytdi. Buyuk avlod paydo bo‘lishiga…
O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 2026/27-yilgi mavsumda klub safida barcha musobaqalarda hozircha oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Bu RotoWire statistikasi ma’lumotlarida qayd etildi. Husanov Premyer-ligada to‘rtta, UEFA Chempionlar ligasida esa ikkita uchrashuvda qatnashgan. Ularning to‘rttasini asosiy tarkibda boshlagan. So‘nggi o‘yinda 14 daqiqa maydonda bo‘ldi 17-oktabr kuni «Manchester…
Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarovning jahon chempionati uchun tayyorgarlik jamoasiga qo‘shilgani haqidagi taxminlarga hazil bilan javob berdi. Bu haqda UzChess loyihasi ma’lum qildi. Nakamura va Sindarovning ayni kunlarda Kiprdagi bir mehmonxonada yashayotgani muxlislar e’tiborini tortgan. Shundan so‘ng ayrimlar amerikalik grossmeyster Sindarovga tayyorgarlik jarayonida yordam berayotgan bo‘lishi mumkinligini…
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligi uchun Javohir Sindarov va amaldagi chempion Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi uchrashuv oldidan hamyurtiga tayyorgarlikda yordam beradi. Bu haqda Sports.kz World Chess’ga tayanib xabar berdi. Abdusattorov «Lolazor» podkastida Sindarov bilan bir hafta davomida birgalikda tayyorlanishini aytgan. Mashg‘ulotlar qayerda o‘tkazilishi hozircha oshkor qilinmagan. Bir hafta davomida birga…
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasidagi so‘nggi xatti-harakatlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda Starnews The Sun ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Ronaldu Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida maydonga tushmaganidan keyin terma jamoa qarorgohini tark etgan. Keyinchalik u vaziyatni tushuntirish uchun bosh…
«Pari Sen-Jermen» Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti» klubini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tdi. PSJ ilk bo‘limdayoq uchta gol urdi Mehmonlar uchrashuvni faol boshladi. 13-daqiqada Dezire Due hisobni ochdi, oradan ikki daqiqa o‘tib Usmon Dembele PSJ ustunligini oshirdi. 32-daqiqada Vitinya uchinchi golni urdi va jamoalar tanaffusga 3:0…
«Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «PSJ»ga qarshi o‘yinda 6,8 ball oldi. Bu haqda Sports.kz Flashscore baholariga tayanib xabar berdi. Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. «Manchester Siti» o‘z maydonida «PSJ»ga 2:4 hisobida mag‘lub…
«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash jamoadoshi Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi. Bu haqda Euro-Football.ru xabar berdi. «Husanov — bizdan biri. U juda iqtidorli futbolchi, juda kuchli. U jamoamizga yordam beradigan o‘yinchi», – dedi Diash jurnalistlarga. Husanov mavsumda olti o‘yinda maydonga tushdi Manbaga ko‘ra, Husanov joriy mavsumda barcha turnirlarni hisobga…
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirib, avval keng ommaga ma’lum bo‘lmagan voqeani esladi. Bu haqda Sport.ua The Touchline’ga tayanib xabar berdi. Ronalduning aytishicha, ular qariyb 15 yil davomida turli taqdirlash marosimlarida bir sahnada qatnashgan va o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ronaldu Messiga tarjima qilib bergan Portugaliyalik…
O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning 2026-yilgi klub va terma jamoadagi statistikasi e’lon qilindi. Himoyachi joriy yilda «Manchester Siti» safida Angliya Premer-ligasi va UEFA Chempionlar ligasida to‘rtta uchrashuvda qatnashgan. APLda Husanov uchta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, jami 269 daqiqa o‘ynagan. Chempionlar ligasida esa bitta uchrashuvda 42 daqiqa harakat qilgan. APLda uch…
«Al-Nassr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Elit chempionlar ligasi 2-turida O‘zbekistonning «Neftchi» klubiga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. 41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 42-daqiqasida jamoasining g‘alaba golini urdi. «Bugun kechqurun muhim g‘alaba. O‘sishda davom etamiz», – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. «Al-Nassr» turnirdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi «Al-Nassr»…
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov «Lolazor» podkastida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi. Ularning ilk uchrashuvi shu yil Navro‘z bayrami munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda bo‘lgan. Shaxmatchining aytishicha, u tadbirga sportchi sifatida taklif etilgan. Bayram dasturida turli yo‘nalishlarda yutuqqa erishgan yoshlar qatnashgan va Abdusattorov bo‘lajak turmush…