Amerika rasmiylari ikki nafar Oʻzbekistonda tug’ilgan kishini sanksiyalar roʻyxatiga kiritgan. Bu haqdagi maʼlumot AQSh Moliya vazirligining (OFAC) Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan eʼlon qilindi.
O‘zbekistonlik rossiyalik milliarder, Ural kon-metallurgiya kompaniyasi rahbari Iskandar Mahmudov Vashingtonning qora ro‘yxatiga kiritilgan. 1963-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
«Lenta» portalining yozishicha, Mahmudov Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti arab fakultetini tamomlagan. 1984-1986 yillarda u Liviyada sovet harbiy maslahatchilari va mutaxassislari guruhida, 1986-1988 yillarda esa Iroq Bosh shtabining harbiy ob’ektlarni qurish bo’limida tarjimon bo’lib ishlagan.
U ilk tijorat tajribasini «O‘zbekintorg»da ishlagan vaqtida olgan. Kompaniya O’zbekiston uchun milliy kvotalar bo’yicha tovarlar xarid qilish bilan shug’ullangan.
Keyinchalik Mahmudov...