O‘zbekistonda qimmatbaho metallning jahon narxlari oshib borayotgani fonida oltin quymalari qimmatlashmoqda. Respublika Markaziy banki 13-apreldagi eng kichik hajmdagi 5 gramm 4,99 mln so‘mni tashkil qildi. Bu 9-aprel kuniga nisbatan 83 ming so‘mga qimmatroq.
Og‘irroq quymalar ham qimmatlashdi. 10 gramm uchun endi 9,82 mln o’rniga 9,98 mln to‘lash kerak bo‘ladi. 20 grammlik quyma esa xaridorga deyarli 19,97 mln (ilgari 19,63 mln)ga tushadi. 50 grammlik qimmatbaho metallning narxi deyarli 49,1 mln so‘mdan 49,9 mln so‘mga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni oltin jahon bozorida bir troya untsiyasi uchun $2400 chegarasidan o‘tib ketdi, bu tarixiy cho‘qqi hisoblanadi. Freedom Finance Global’ning yozishicha...