Joriy yilning 17-yanvar kuni Strasburgda Yevroparlament koʻp sonli ovoz bilan YeIning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan strategiyasini qaytadan koʻrib chiqish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu hujjat Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan Yevropa oʻrtasidagi hamkorlik tarixida yangi sahifa ochilishiga sabab boʻladimi? «Kursiv» shu mavzusida ekspertlar bilan suhbatlashdi.
Til topishish vaqti keldi
Rezolyutsiya Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi, Afgʻonistonda hokimiyat toliblar qoʻliga oʻtishi, Xitoyning taʼsir doirasi kengayib borishi va mintaqadagi beqarorlik kuchayishi fonida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.
Mualliflar fikriga koʻra, sanab oʻtilgan muammolar YeIning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan strategiyasini qaytadan, toʻliq koʻrib chiqish...