22-yanvarga o‘tar kechasi Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida bir qator yer silkinishlari sodir bo‘ldi.
Toshkent shahri va mamlakatimizning boshqa hududlarida zilzila kuchi uchdan to‘rt ballgacha bo‘lgan.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila davlatning bir nechta viloyatlarida ham sezilganini ma’lum qildi. Olmaotada zilzila kuchi besh ballga yetdi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Olmaotada 44 kishi jabrlangan.
Kursiv zilzilaga qanday tayyorgarlik ko’rish va yer silkinishi paytida nima qilish kerakligi haqida ma’lumot to’pladi.
Zilzilaga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak
O‘zbekiston Seysmologiya institutining eslatmasi binoni tezda tark etishingiz mumkin bo‘lgan marshrut haqida oldindan o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi.