Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi va bozor mexanizmiga o‘tish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda temir yo‘l transporti islohoti «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga ham ta’sir qiladi. 2024-yilga kelib bazada bir nechta sho’ba korxonalar tashkil etiladi. «Temiryulinfratuzilma» AJ yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa, lokomotiv inshootlari, yagona dispetcherlik punkti va yuk stansiyalarini ekspluatatsiya qilish uchun javobgar bo‘ladi. «Temiryulkargo» AJ yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, «eshikdan eshikkacha» tashuvlarni yo‘lga qo‘yadi.
«Temiryulexpress» AJ tezyurar elektr poyezdlarida yo‘lovchilarni...