Milliy statistika qo‘mitasi yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda inflyatsiya 7,3 foizni tashkil etdi.
Bu 2024-yil dekabriga nisbatan inflyatsiya bosimi pasayganini ko‘rsatadi. Taqqoslash uchun, 2024-yil dekabrida yillik inflyatsiya 9,8% darajasida bo‘lgan edi. 2025-yil davomida o‘rtacha oylik narxlar o‘sishi 0,6% bo‘ldi, bu ham o‘tgan yilga nisbatan past ko‘rsatkich.
Oziq-ovqat narxlari: sabzavotlar keskin qimmatlashdi
Dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foizga qimmatlashdi. Ayrim asosiy mahsulotlar narxida o‘sish qayd etildi. Xususan:
Tuxum — 3,4% (yil davomida -14,5%); Oliy navli bug‘doy unidan non — o‘rtacha 0,5% (yil davomida +1,6%); Sut — o‘rtacha 0,4% (yil davomida +5,7%); Paxta yog‘i — o‘rtacha 0,4% (yil...