Bu haqda CAFAning sakkizinchi Kongressi chog‘ida ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) vitse-prezidentligidan o‘z nomzodini qaytarib oldi. Bu haqda CAFAning sakkizinchi Kongressi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Afg‘oniston futbol federatsiyasi prezidenti Muhammad Yusuf Korgar va Turkmaniston futbol federatsiyasi prezidenti Arslan Aynazarov CAFA vitse-prezidenti etib saylandi.
«Hech qanday ajablanib bo’lmadi. Ravshan Ermatov o‘z nomzodini vitse-prezidentlikdan olib tashlaganini, hozir esa O‘zbekiston ijroiya qo‘mitasida vakillik qilmaganini hisobga olmasak. To‘g‘ri, ijroiya qo‘mitasida qiz bola uchun bo‘sh joy bor, uni faqat O‘zbekiston vakili egallashi mumkin edi. Bunga munosib nomzod topish qoladi», – deydi futbol eksperti Alisher Nikimbayev.
Kongressda...