Mediazona: «Qozog‘iston O‘zbekiston talabi bilan qo‘lga olingan qoraqalpoq faollariga qochqin maqomini berishdan bosh tortdi» — Qozog‘iston O‘zbekiston talabi bilan o‘tgan yili Olmaotada hibsga olingan qoraqalpoq faollari Qo‘shqarbay Toremuratov va Jangeldi Jaqsimbetovga qochqin maqomini berishdan bosh tortdi. Bu haqda Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Oqilbek Muratbay o‘zining Twitterida yozdi.
Trend: «Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishga tayyorgarlikni oktyabrgacha yakunlaydi» — Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishga tayyorgarlikni oktyabr oyiga qadar yakunlaydi. Rossiya gazining Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha tranziti uchun Qozogʻiston gaz uzatish tizimining erkin quvvati kontekstida Qozogʻiston Respublikasi hukumati va «Gazprom» OAJ oʻrtasida «Markaziy Osiyo-markaz»ni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi kelishib olindi...