2023 yil 2 avgust kuni videoaloqa orqali 2023 yilning 1-yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Lizing Uyushmasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Uyushma raisi Zafar Mustafayev o‘z taqdimotida lizing sohasining muammolarini qayd etib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mijozlar o‘rtasida lizing to‘lovlarini to‘lamaslikning holatlari ko‘paygan. Bundan tashqari, bozorda resurslarning yetishmasligi va ularning narxining oshishi mavjud. Shu bilan birga mamlakatda xamyonbop avtomobillar taqchilligi bor. Zafar Mustafayev lizing bozorida tijorat banklarining ulushi kamayib borayotgani ham qayd etgan.
Uyushma hisobotiga ko’ra, lizingga qurilish texnikasi va uskunalarini taqdim etish ko‘rsatkichlari pasayib, 5,6% ni tashkil qildi. Yarim yillik yakuni bo‘yicha lizingga beriladigan obyektlar orasida qishloq xo‘jalik texnikasi...