Iyun oyidan boshlab mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Chernogoriya O‘zbekiston uchun viza rejimini bekor qildi. Bu haqda O‘zbekiston va Chernogoriya vazirliklari va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari uchrashgan Work Shop Montenegro 2023 tadbirida ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston va Chernogoriya oʻrtasida muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
– Mamlakatimizning tarixiy joylari, boy madaniy merosi va go‘zal tabiati bilan tanishish maqsadida Chernogoriyaga kelayotganlar soni ortib borayotganini yuksak qadrlaymiz va ularni yurtimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz, – dedi Madaniyat va turizm vazirning birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov. – Kelgusida ikki mamlakatning sayyohlik imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda turizm sohasida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga intilishimizni...