Qozog‘istonda Chevrolet Cobalt sedanlari yana arzonlashdi. Kursiv Media’ga ko‘ra, narxlar pasaygani haqida rasmiy distribyutorning matbuot xizmati tasdiqladi.
Chevrolet Cobalt’ning ikkita modeli narxi 2025-yil noyabr oyida quyidagicha o‘zgargan:
Optimum at — $11,4 ming (avval – $13,3 ming); Elegant at — $12,6 ming (avval – $13,7 ming).Shunday qilib narxlar $1,1 mingdan $1,9 minggacha pasaydi. Bu Cobalt’ni Qozog‘istondagi eng arzon modellardan biriga aylantiradi.
Brend vakillarining aytishicha, yangi narxlar faqat 2025-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli bo‘ladi va 1-dekabrgacha amal qiladi. Mashinani naqd pulga ham, oddiy avtokredit orqali ham sotib olish mumkin.
Cobalt nega arzonlashdi
Ijtimoiy tarmoqda bu bo‘yicha muhokamalar...