Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida Wildberries platformasidagi sotuvchilarning 50 foizdan oshig‘i ayollar ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda kompaniya «Kursiv» nashriga xabar qildi.
Forumda Wildberriesva RWB (Wildberries & Russ) kompaniyalari rahbari Tatyana Kim elektron tijorat ayollar uchun yangi iqtisodiy gorizontlar ochayotganini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, bugungi kunda Wildberries onlayn savdo platformasida sotuvchilarning 58 foizini ayollar tashkil etadi. Markaziy Osiyo davlatlarida bu ko‘rsatkich 18 – 25 foiz atrofida.
«Bugun biznes boshlash uchun katta kapital emas, balki faqatgina internetga ulangan smartfon yetarli. Raqamli platformalar ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etishda kuchli vosita bo‘lib qolmoqda», deydi...