Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi ijod maktablarida ta’lim jarayoni 7 – 11-sinflarda olib boriladi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qildi.
Hukumatning 17-dekabr kuni qabul qilingan qarori bilan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi ijod maktablari faoliyatini belgilovchi yangi nizom tasdiqlandi.
Nizom ijod maktablarining huquqiy maqomi, tashkil etish tartibi va jarayonlarni nazorat qilish mexanizmlarini aniq belgilaydi.
Har bir sinfda 20 nafardan ortiq o‘quvchilar bo‘lishiga ruxsat berilmaydi. O‘quv haftasi besh kun davom etadi, biroq pedagogik kengash qarori bilan maktab olti kunlik dars jadvaliga ham o‘tishi mumkin. Maktabni tamomlagan bitiruvchilarga davlat...