Parijda Fransiya hukumati va Yangi Kaledoniya siyosiy kuchlari o‘rtasida yangi davlat tuzilishini nazarda tutuvchi kelishuv imzolandi. Bu haqda Politico nashri muzokaralarda ishtirok etgan manbalarga tayanib xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv Fransiyaning Bujival shahrida, Parij yaqinida imzolangan. Kelishuv Yangi Kaledoniyaga to‘liq mustaqillik emas, balki kengaytirilgan avtonomiya maqomini taqdim etadi. Yangi davlat o‘zining alohida fuqaroligiga ega bo‘ladi, bu esa ikki fuqarolikka – fransuz va yangi kaledoniyalik fuqarolikni birgalikda yuritishga imkon beradi.
Bundan tashqari, unga xalqaro siyosat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilishi ham ko‘zda tutilgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu hujjatni Fransiyaning zamondosh tarixidagi «institutsional jihatdan muhim kelishuv» deb...