UEFA Chempionlar ligasining 6-tur bahslari kambeklarga boy o‘tdi. Beshta uchrashuvda hisobda ortda borayotgan jamoalar yakunda g‘alaba qozondi. «Liverpul» safarda «Inter»ni, «Barselona» esa o‘z maydonida «Ayntraxt»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Chelsi» Italiyada «Atalanta»ga imkoniyatni boy berdi.
«Liverpul» Milanda kechgan bahsda Muhammad Salohsiz harakat qildi va Dominik Soboslaining penaltidan kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Inter» esa jarohatlar tufayli birinchi bo‘limdayoq ikki o‘zgarishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi.
5-turda «Chelsi»ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ketma-ket g‘alabalarga erishayotgan «Barselona» Jyul Kundening uch daqiqa ichida urgan ikkita goli evaziga «Ayntraxt» ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Gollarga Reshford va Yamal assistentlik...