Avstriyalik biznesmen, oldin Pornhub portali aktivlariga egalik qilgan Bernd Bergmayr Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasining xorijdagi aktivlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bergmayr AQSh Moliya vazirligiga «Lukoyl» aktivlarini sotib olish imkoniyati bo‘yicha rasmiy murojaat yuborgan. Tadbirkor bitimga bo‘lgan qiziqishini tasdiqlagan, biroq muzokaralar tafsilotlarini ochiqlamagan.
«Lukoyl»ning Rossiyadan tashqaridagi faoliyati keng ko‘lamli bo‘lib, kompaniya O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida neft-gaz konlariga ega, shuningdek, boshqa xorijiy mamlakatlarda ham aktivlar va xalqaro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini boshqaradi.
Bergmayr avval MindGeek kompaniyasiga egalik qilgan. Ushbu kompaniya tarkibiga Pornhub, RedTube va YouPorn kabi yirik platformalar kirgan. 2023-yilda u kompaniyani Kanadadagi investitsiya firmasiga sotgan, biroq...