Yogesh Brar Xiaomi kompaniyasining navbatdagi Xiaomi 16 smartfoni haqidagi muhim ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda u X platformasidagi sahifasida e’lon qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon 6,3 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yurak sifatida qurilmaga Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori o‘rnatiladi.
Old kamera 32 megapikselli, asosiy kamera esa uchta 50 megapikselli datchikdan tashkil topadi. Ulardan biri Omnivision, yana biri Samsung JN5 sensori bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, under-display barmoq izi skaneri ham kutilmoqda.
Smartfon IP68/IP69 himoya standartlariga ega bo‘lib, suv va changga chidamliligi oshirilgan. Batareya sig‘imi 7000 mA·soat bo‘lib, u 100 Vt...