Mazda kompaniyasi o‘zining yangi konsept Mazda Iconic SP sportkarini taqdim etdi. Bu model bilan kompaniya mashhur rotorli dvigatelni qayta ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda.
Mazda 2012-yilda RX-8 ishlab chiqarilishini to‘xtatgach, rotorli motor faqat eksperimentlarda ishlatilgan edi. Masalan, MX-30 krossoverida u generator sifatida qo‘llanilgan. Endi esa rotorli dvigatel yana sportkar uchun qaytmoqda.
Iconic SP ikki seksiyali rotorli motor bilan jihozlangan. U 272 kVt quvvat ishlab chiqaradi va gibrid tizim tarkibida ishlaydi. Muhimi, bu dvigatel g‘ildiraklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri harakatga keltirmaydi, balki batareyani quvvatlaydi. Bu esa ekologik talablarga mos kelish va vodorod kabi alternativ yonilg‘ilardan foydalanish imkonini beradi.
Mazda mutaxassislari rotorli dvigatellarni zamonaviy ekologik...