Mahallalarda tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish yo‘li orqali 1,5 million oila doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, yaratilgan imkoniyatlar natijasida 7 mingdan ortiq mahallalar meva-sabzavotchilik, gulchilik, asalarichilik, tikuvchilik, mebelsozlik, savdo va servis kabi 15 ta yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan. Hozirga qadar 3 326 ta mahalladagi 50 foiz xonadon bu tizimga jalb etilgan.
Mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga mikroloyihalarni amalga oshirish uchun 6,5 trillion so‘m resurs ajratilgan. Har bir mahallada o‘rtacha 40 tadan mikroloyiha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Biroq yig‘ilishda barcha hududlarda...