Chery kompaniyasi Chery Fulwin T11 avtomobili uchun oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.
Avtomobil Li Auto L9 modeli bilan o‘lcham va ichki dizayn jihatidan raqobat qilishi aytilmoqda. Model to‘rtta komplektatsiyada taqdim etiladi. Uning narxi 200 ming yuandan ($28 ming) boshlanadi.
Texnik ko‘rsatkichlar
Avtomobilning uzunligi 5205 mm, eni 1998 mm, balandligi 1800 mm, g‘ildirak bazasi esa 3120 mm. Disklar 21 dyuymli.
Salon va texnologiyalar
Ichki qismi Li Auto uslubida yaratilgan. Old panelda kichik raqamli displey va 30 dyuymli multimedia ekrani joylashgan. Har bir modelda 11 ta xavfsizlik yostiqchasi standart tarzda mavjud...