Qozogʻiston Milliy banki asosiy stavkani 18 foiz etib belgiladi. Bu haqda regulyator axborot xizmati maʼlum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu qaror mamlakatda inflyatsiya surʼatlari tezlashgani va ichki talabning taklifdan yuqori boʻlib borayotgani sababli qabul qilindi. Yillik inflyatsiya sentabr oyida 12,9 foizga yetib, prognoz koʻrsatkichlaridan oshib ketgan.
Eng katta narx oʻsishi oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatildi — 12,7 foiz. Ayrim toifadagi mahsulotlar ishlab chiqarish xarajatlari va import tannarxining oshgani sabab yanada qimmatlashgan. Xizmatlar sohasida inflyatsiya 15,3 foizga, tartibga solinadigan xizmatlarda esa 30 foizdan ortiq darajaga chiqqan.
Yonilgʻi narxlari bir yilda 11,9 foizga, sentabr oyida esa 3,4 foizga oshdi. Shu bilan birga, bazaviy inflyatsiya 1,2 foiz...