Oktabr oyi butun dunyo bo‘ylab an’anaviy ravishda ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash oyi sifatida o‘tkaziladi. Joriy yilda O‘zbekistonda mazkur oy «Erta aniqla – hayotni saqla» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Ushbu tashabbus prezident qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan davlat dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Uni Sog‘liqni saqlash vazirligi, prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamda tibbiyot xodimlari, jamoatchilik tashkilotlari va yirik tadbirkorlik tarmoqlari hamkorlikda olib bormoqda. Bundan tashqari, tashabbus Yandex kompaniyasi hamkorligida va UNFPAning texnik ko‘magi bilan yo‘lga qo‘yilmoqda. Bir qator yirik tadbirkorlik tarmoqlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, o‘z filiallarida axborot materiallarini joylashtirgan.
Loyihaning maqsadi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash...