Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $4,9 milliardga oshib, rekord darajadagi $55 milliardga yetdi.
Shundan $44 milliarddan ortig‘i oltin zaxirasiga to‘g‘ri keladi — bu ko‘rsatkich ketma-ket uchinchi oy davomida eng yuqori darajani yangiladi. Valyuta zaxiralari ham oshib, $10,2 milliardga oshdi.
Oltin zaxirasi qiymatining oshishiga asosan jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, chet eldagi banklardagi mablag‘lar va Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar hajmi ham biroz oshgan. Mamlakat oltin-valyuta zaxiralarida aksiya va obligatsiyalarning ulushi atigi 1,85 foizni tashkil etadi.
Bundan oldin O‘zbekistonda yil boshidan beri oltin quymalari narxi 40 foizga oshgani haqida...