2025-yilgi tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri, amerikalik olim Fred Ramsdell hali mukofot olganini bilmasligi mumkin. Sababi u Aydaxo shtatining tog‘li hududlarida telefon va internetdan butunlay uzilgan holda sayohat qilmoqda, deya xabar berdi The Guardian.
Ramsdell Sonoma Biotherapeutics laboratoriyasida ilmiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. U Meri Brunkou va Yaponiyaning Osaka universiteti professori Shimon Sakaguchi bilan birgalikda immun tizimdagi regulyator T-hujayralarni kashf etgani uchun Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan.
Ushbu kashfiyot immun tizimning o‘z tanasiga hujum qilishini oldini oluvchi mexanizmlarni ochib bergan va yangi davolash usullari ishlab chiqilishiga asos yaratgan.
«Men ham u bilan bog‘lanishga harakat...