Toshkent metrosida tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Unga ko‘ra, ona va uning farzandi uchun maxsus bepul metro kartasi topshirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali ular umrining oxirigacha Toshkent metrosidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
«Bu sovg‘a metro xodimlari fidoyiligi va insonparvarligi timsoli bo‘lib, poytaxt metropoliteni tarixida alohida o‘rin tutadi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, ogohlik va jasorat ko‘rsatgan Naima Maxamadjona hamda hodisa vaqtida faol ishtirok etgan bir nechta metro xodimlari rag‘batlantirilishi belgilangan.
Avvalroq joriy yilning 6-oktabr kuni G‘afur G‘ulom metro bekatida chaqaloq dunyoga kelgani haqida...