O‘zbekiston poytaxtida 2025-yil sentabr oyida dollar kursining pasayishi va yangi o‘quv yilining boshlanishi natijasida uy-joy ijarasi bozorida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari bu jarayonni tahlil qilib, dollardagi ijaralar qanday o‘zgarganini aniqladi.
Valyuta dinamikasi va talabning oshishi
So‘mning mustahkamlanishi natijasida dollardagi ijara narxlari ko‘tarildi. Chunki uy-joy egalari kurs farqini hisobga olib, taklif narxlarini oshirdi. Shu bilan birga, yangi o‘quv yilining boshlanishi ham talabni keskin oshirdi. Ayniqsa, talab yuqori bo‘lgan tumanlarda talabalarga mo‘ljallangan 1-2 xonali xonadonlar ijarasi ko‘tarildi.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar
Sentabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijarasi o‘rtacha $16 – 25 oralig‘ida oshgan. Quyidagi...