O‘zbekiston Xalqaro astronavtika kongressiga (International Astronautical Congress, IAC) mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekkosmos agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, agentlik 2028-yilgi tadbirni Samarqand shahrida o‘tkazish uchun rasmiy nomzodini ilgari surdi.
Har yili o‘tkaziladigan IAC kongressida dunyo bo‘ylab 10 mingga yaqin olim, muhandis, kompaniya va kosmik agentliklar vakillari ishtirok etib kelmoqda.
So‘nggi yillarda kongress Milan (2024), Boku (2023), Parij (2022), Dubay (2021), Vashington (2019), Bremen (2018) va Adelaida (2017) kabi shaharlarda o‘tkazilgan.
Har bir mezbon mamlakat bu tadbirdan sezilarli foyda ko‘rgan. Jumladan, BAA’da milliy kosmik fan markazi ochildi, Avstraliyada milliy kosmik agentlik tashkil etildi, Fransiya esa global yetakchi...