Xitoyning Guangsi viloyatida BYD Song Plus elektromobili uch marta ketma-ket chaqmoq urishiga uchradi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Hodisa Beihai shahridagi Tieshan servis hududida sodir bo‘ldi. Yon atrofdagi avtomobillarning videoregistratori voqeani qayd etdi. Chaqmoq mashina tomi ustiga kelib tushganda kuchli chaqnashlar ko‘ringan.
Haydovchi ichkarida xavfsiz qolgan. Mashinaning asosiy «uch elektr» tizimi – quvvat batareyasi, elektron boshqaruv va motor – butun holda saqlanib qoldi. Tekshiruvda tomda ikki zarba izi topildi, lekin boshqa qismlar zarar ko‘rmagan.
Mutaxassislar buni «Faraday qafasi» effekti bilan tushuntirdi. Chaqmoq urganida tok avtomobilning metall korpusi bo‘ylab yerga o‘tadi, ichkaridagi odamlar esa bir xil potensialda bo‘lgani uchun...