Hyundai kompaniyasi Xitoyda yangi Hyundai Palisade 2026 modelini rasman namoyish qildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Mashina 29-avgustdan Chendu avtosalonida oldindan buyurtma asosida savdoga chiqadi.
Yangi Palisade faqat 2,5 litrli dvigatellar bilan taqdim etiladi. Ularning biri benzinli, ikkinchisi esa gibrid tizimga birlashtirilgan. Oldingi, 2023-yilgi model esa Xitoyda 3,5 litrli V6 dvigateli bilan sotilgan edi.
Tashqi ko‘rinishi o‘zgarishsiz qolgan. Yirik to‘rtburchak kuzov, katta xromli radiator panjarasi, oddiy eshik tutqichlari va orqa tomonida ikkita chiqindi quvuri bor.
Salon ichida 12,3 dyuymli ikkita ekran, rul ostidagi uzatmalar dastagiga o‘tkazilgan rejim tanlash tugmasi mavjud. Ikkinchi qatorda alohida o‘rindiqlar, salonga yoritish, oldingi va orqa...