O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillyaeva 15-sentabr kuni Instagram’dagi savollarga javob berar ekan, onasi Lola Karimova bilan 5 yildan beri muloqot qilmayotganini ma’lum qildi.
Maryamning so‘zlariga ko‘ra, onasi yaqin qarindoshlari ichida u munosabatni butunlay uzgan yagona inson bo‘lib qolgan. U onasining o‘zini g‘alati tutishini ta’kidlab, ko‘pincha omma oldida o‘zini yaxshi ko‘rsatishga va ba’zan jabrdiyda sifatida ko‘rinishga urinishi haqida yozdi.
Bloger bu holat unga bir paytlar og‘riqli ta’sir qilganini, ammo vaqt o‘tishi bilan bunga ko‘nikkanini bildirib, ukasi va singlisiga achinishini ham qo‘shimcha qildi.
«Biz besh yildan beri gaplashmayapmiz, lekin ichki sezgim kuchli, qandaydir...