Prezidentning 2025-yil 19-martdagi farmoniga muvofiq, «1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan xodimlarni mukofotlash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilangan. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
Unga ko‘ra, avval bu ko‘rsatkich 50 foiz edi. Demak, endi ustozlar va boshqa xodimlar ko‘proq mukofot olish imkoniyatiga ega.
Shu bilan birga, bu degani hamma joyda bir xil summada beriladi, degani emas. Direktor jamg‘armasidagi mavjud mablag‘ga qarab, kimdadir 50, kimdadir 60, kimdadir esa 75 foizgacha bo‘lishi mumkin. Maksimal miqdor – 953 ming 250 so‘m.
Muhim jihati shundaki, mukofot faqat o‘qituvchilarga emas, balki maktabning barcha xodimlariga...