UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Turkiyaning «Galatasaroy» klubi o‘z maydonida Angliyaning «Liverpul» jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol o‘yinning 7-daqiqasida kiritildi.
Viktor Osimxenning uzatmasidan so‘ng Mario Lemina darvozani aniq nishonga olib, hisobni ochdi. «Liverpul» tezkor goldan so‘ng tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qilgan bo‘lsa-da, hisobni tenglashtira olmadi. O‘yin davomida keskinlik yuqori bo‘lib, hakam bir necha bor ogohlantirishlar berishga majbur bo‘ldi.
Ingliz klubi safida 34-daqiqada Milosh Kerkez, 55-daqiqada esa Virdjil van Deyk sariq kartochka bilan jazolandi. O‘yin so‘ngida, 88-daqiqada «Liverpul» yarim himoyachisi Rayan Gravenberx, 90-daqiqada esa «Galatasaroy» himoyachisi Davinson Sanches qo‘polligi uchun...