28-mart kuni noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha yangi ichki nazorat qoidalari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, endilikda to‘lov xizmatlari va elektron pul tizimlari orqali amalga oshiriladigan yirik pul o‘tkazmalari shaxsiy ma’lumotlar bilan rasmiylashtiriladi.
To‘lov tashkilotlari mobil ilovalarida hisob ochayotgan mijozlarni sinchiklab tekshiradi. Elektron terminal (E-POS)dan foydalanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar ham maxsus tekshiruvdan o‘tadi.
BHMning 30 baravari (11,25 mln so‘m) yoki undan ko‘proq summadagi pul o‘tkazmalari, jo‘natuvchi va oluvchining shaxsiy ma’lumotlari bilan birga amalga oshiriladi. Agar akkauntsiz BHMning 500 baravari (187,5 mln so‘m) yoki undan ortiq miqdor pul o‘tkazilsa, bu holatda ham majburiy tekshiruv...