«Manchester Yunayted» klubi Old Trafford hududida 100 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi stadion qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Yangi stadion qurilishi bilan birga Old Trafford hududida keng ko‘lamli qayta qurish ishlari amalga oshiriladi. Bu esa Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga qo‘shimcha 7,3 mlrd funt sterling hissa qo‘shishi, 92 mingta yangi ish o‘rni yaratishi va 1,8 mln qo‘shimcha tomoshabinni jalb qilishi kutilmoqda.
Stadion loyihasi taniqli arxitektura firmasi Foster + Partners tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u 2 mlrd funt sterlingga baholanmoqda. Yangi stadion hozirgi Old Trafford yonida qurilishi rejalashtirilgan, bu esa stadionning tarixiy mohiyatini saqlab...