Samsung keyingi oy Galaxy S25 Edge smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu model 162 g og‘irlik va 5,84 mm qalinlik bilan Samsung’ning eng yupqa premium telefoni bo‘ladi.
S25 Edge 6,65 dyuymli ultra-nozik ramkali displey, Snapdragon 8 Elite chipi va 200MP asosiy kamera bilan jihozlanadi. Biroq unda telefoto kamera yo‘q. 3,900 mAh batareya va 25W tezkor quvvatlash bilan ta’minlanadi.
Narxi S25+ modeli kabi taxminan 999$ bo‘lishi kutilmoqda. Telefon Light Blue, Black va Silver ranglarida chiqadi. Rasmiy taqdimot aprel oyida, savdoga chiqishi esa may oyida bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Galaxy S25 seriyasi Janubiy...