O‘zbekiston erkaklar uyida ayollarga qaraganda kamroq ovqat pishiradigan 10 ta davlat qatoriga kirdi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha jinslar o’rtasidagi tafovut haftasiga 7,8 porsiyani tashkil etdi, bu haqda Cookpad oshpazlik portali va Gallup so’rov instituti aniqladi.
O‘zbekistonda erkaklar haftasiga o‘rtacha 1,5 porsiya, ayollar esa 9,3 porsiya ovqat pishiradi.
Olimlar, shuningdek, pazandachilikda jinslar o’rtasidagi global farq 2022-yilda oshganini aniqlashdi, garchi u avvalgi yillarda doimiy ravishda kamayib borayotgan bo‘lsa ham.
Biroq, butun dunyo bo‘ylab ayollar tomonidan pishirilgan ovqatlarning o’rtacha soni 8,7 haftada o’zgarishsiz qoldi. Ammo erkaklar uchun o‘rtacha natija haftada to’rt porsiyagacha kamaydi. Shu sababli, har ikki jins vakillari uchun global...