Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi, xorijdagi vatandoshlar va musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
– «Hammamizga ayonki, islom dini – tinchlik, ezgulik va insonparvarlik dinidir. Muqaddas kitoblarimizda «Tinchlik-omonlik, o‘zaro do‘stlik va ahillikka intilib yashash – chin mo‘minga xos fazilatdir», deb ta’kidlangani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bu yilgi Ramazoni sharif kunlarida ana shu qadriyatlar hayotimizda yanada yorqin namoyon bo‘ldi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dinimizning asl mohiyati bilan, uning olijanob g‘oya va tushunchalari bilan uyg‘un va mushtarak ekanini barchamiz yana bir bor chuqur his etdik», – dedi davlatimiz rahbari.
Mirziyoyev respublikada...