Universalbank kuzatuv kengashi raisi Anvar Irchayev «Kursiv»ga fuqarolarining kartalaridan pul qanday o‘g‘irlangani haqida gapirib berdi. Bu haqdagi xabarlar bir kun avval ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqaldi.
Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, firibgarlar MyID identifikatoridan o‘tib, SMS-kodlarga kirish imkoniga ega bo‘lishgan. Bu qanday sodir bo‘lganiga hozirda oydinlik kiritilmoqda.
«O‘g‘irlik bizning bank mijozlariga sodir bo‘lmagan, Unired ilovasi orqali sodir bo‘lgan. MyID identifikatsiya himoyasini chetlab o‘tib, firibgarlar unga boshqa banklar oydalanuvchilarining kartalarini bog‘lashlari mumkin edi. Ayni paytda bizga va huquqni muhofaza qilish rganlariga 9 kishi murojaat qilgan. Ular bizning ilovamiz foydalanuvchilari emas edilar, ammo firibgarlar qandaydir tarzda foydalanuvchilarning...