Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani KXDRning ashaddiy raqibi va dushmani deb atadi. Bu haqida KXDR markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.
Kim Chen In mamlakatning «urushga tayyorlik darajasi»ni oshirish va uning izchilligini ta’minlash uchun harbiy sanoat taraqqiyotining aniq yo‘nalishini belgilab olish zarurligini ta’kidladi. Mamlakat yetakchisi shuningdek, mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilgani, Shimoliy Koreya katta qudratga ega bo‘lishi lozimligi, shuningdek qurol-yarog‘ hajmini ko‘paytirish o‘ta muhim ekanligini qayd etdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreyani mamlakatning ashaddiy dushmani deb atadi va uni ikki mamlakat o‘rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarishda aybladi. Bundan tashqari, asosiy e’tiborni mamlakat mudofaasini yaxshilash va...