2023-yilda naqd pul tushumlarining umumiy miqdori 669 trln so’mni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 28 foizga ko‘proqdir, deb sharh tayyorladi Markaziy bank.
Shu bilan birga, terminallar orqali tushumlar ulushi 34 foizdan 38 foizga ko‘tarilgan, savdo va xizmatlar sohasi terminallaridan tushumlar ulushi esa 37 foizdan 40 foizga oshgan.
Banklar orqali naqd pul aylanmasi ham 19 foizga oshib, 831 trln. so’mni tashkil etgan. Banklarga naqd pul tushumi 20 foizga oshgan va 414 trln soʻmlik koʻrsatkichni qayd etgan.
Bank kassalaridan, jumladan, bankomatlardan naqd pul yechib olish 17 foizga oshdi va 417 trln so‘mni tashkil etdi.
Bank kartalariga kirim hajmi 1,4 barobar...