2023-yilning birinchi olti oyida Qozog‘iston neftini O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yetkazib berish Rossiyadan xomashyo importining ko‘payishi tufayli minimal darajaga tushdi, deb xabar berdi «Vedomosti».
OAV Argus platformasiga tayanib, yilning birinchi yarmida Qozog‘istondan O‘zbekistonga temir yo‘l orqali neft yetkazib berish hajmi 23,9 ming tonnani tashkil etgani haqida xabar berdi. Bu kuzatishlar tarixidagi minimal ko’rsatkichdir.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi, o‘z navbatida, turli raqamlarni keltirdi: tuzilma Qozog‘istondan 36,4 ming tonna neft import qilinishi haqida xabar berdi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan uch baravar kam.
«Joriy yilda bu yo‘nalishda arzon rus neftining umumiy yetkazib berish hajmi oshdi, bu esa Qozog‘istondan import jozibadorligini...