O‘zbekiston haqida nimalar yoritilmoqda: xorijiy matbuot sharhi (30 mart)
«RIA Novosti»: «O‘zbekiston neyrotarmoq yordamida “Bobur bitiklari» uchun illyustratsiyalar yaratadi» — Midjourney neyron tarmog‘i yordamida O‘zbekiston Mo‘g‘ullar imperiyasi asoschisi hukmdor va sarkarda Amir Temurning avlodi Zahiriddin Boburning avtobiografiyasiga illyustratsiyalar yaratadi.
Tazabek: «Prezident Japarov va XKP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Ma Sinju Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini muhokama qildi» — Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Kommunistik partiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Ma Sinrui bilan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasini muhokama qildi.
24kg: «Qirg‘izaltin» O‘zbekiston bilan konlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilmoqchi” – «Qirg‘izaltin» OAJ Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik...