Chevrolet’ning yangi elektromobili – Chevrolet Blazer EV 2027 narxlari e’lon qilindi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda. Model yangi yilga bir nechta yangilanishlar bilan kirib kelayotgan bo‘lsa-da, General Motors uning boshlang‘ich narxlarini 2026-yilgi versiya darajasida saqlab qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2027-yilgi Chevrolet Blazer EV’ning boshlang‘ich LT versiyasi old g‘ildirakdan tortuvchi konfiguratsiyada…