O‘zbekistonda foydalanilgan avtomobillar nafaqat maxsus bozorlarda, balki elektron auksion saytida ham sotiladi. «Kursiv» ushbu platformadagi avtomobillar narxlarini ko‘rib chiqdi.
Foydalanilgan avtomobillarni e-auksion.uz sayti orqali topishingiz mumkin. Ushbu elektron savdo maydonchasi O‘zbekistonda prezident qarori bilan 2017-yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri elektron auksion bir necha bor kengaytirildi va hozirda mulk va unga bo‘lgan huquqlar 30 ga yaqin yo‘nalishlarda sotilmoqda. Bu avtomobillarga ham tegishli.
4-iyun holatiga ko‘ra, e-auksion.uz saytida 1,6 mingtaga yaqin yengil avtomobillar yangi lotlari bor. Masalan, Nexia 2’ning boshlang‘ich narxi salkam 37,5 million so‘mni tashkil etadi. Ammo kimoshdi savdosi shunday tuzilganki, eng yuqori narxni bergan kishi mashina oladi...