«TIME» jurnali Xiaomi kompaniyasini 2024-yilgi «TIME100 eng nufuzli kompaniyalar» roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda «Kursiv»ga korporatsiyaning O‘zbekistondagi vakillari ma’lum qildi.
Unga koʻra, «TIME» jurnali 2024-yilning mart oyida Xitoyda «Xiaomi» kompaniyasining ilk «aqlli» elektromobili Xiaomi SU7 seriyasini muvaffaqiyatli ishga tushirilganini qayd etdi. Kompaniya Xiaomi SU7 seriyasi sotuvga chiqarilgandan birinchi oyning oʻzida buyurtmalar va yetkazib berishlar soni bilan sanoatda yangi rekord oʻrnatdi.
Kompaniya kelgusi 15 – 20 yil ichida Xiaomi dunyoning yetakchi beshta avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylanish va ilgʻor texnologiyalar sohasida yetakchi boʻlishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Xiaomi korporatsiyasiga 2010-yil aprelda asos solingan va 2018-yil 9-iyulda «Gonkong» fond birjasining asosiy panelida (1810.HK) roʻyxatdan...