Joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent shahrida dunyoning 32 davlatdan kelgan sportchilar ishtirokida BYD – Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar slotlar sonini ko‘paytirdi va bu an’anaviy bahorgi poygada 5,5 mingga yaqin yuguruvchi qatnashadi.
Tadbir dasturiga klassik marafon masofasi 42 km, yarim marafon 21 km, shuningdek, 3 va 10 km masofalar kiradi. Marafon oldidan «Kids Run» poygasi va Skandinav yurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Marafonning umumiy mukofot jamg‘armasi sezilarli darajada oshirildi va 2024-yilda 720 mln so‘mni tashkil etadi.
BYD – VI Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun Perfend.com platformasida ro’yxatdan o’tiladi. Marafonda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish to’lovi 350 ming...